Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"MYU" yarim himoyani kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan uch nafar o‘yinchining ma’lum bo‘ldi

"MYU" yarim himoyani kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan uch nafar o‘yinchining ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Nottingem Forest"ning 22 yoshli markaziy yarim himoyachisi Elliot Andersonga qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" futbolchini kelgusi qishda o‘z saflariga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mankunianliklar hamon "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. O‘tgan yozda ommaviy axborot vositalarida kamerunlik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, uni sotib olish bo‘yicha urinishlar kelgusi yozda qayta boshlanishi ehtimoli yuqoriroq.

"Manchester Yunayted" yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan yana bir nomzod - "Kristal Pelas" tarkibida o‘ynaydigan Adam Uorton. Ammo 21 yoshli o‘yinchining 2026 yilgi jahon chempionatigacha jamoasini o‘zgartirishi ehtimoldan yiroq.

Kiritildi: 14:26, 20.09.2025.
O'qildi: 1150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик