Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ivan Boshkovich: “Andijon” xarakter ko‘rsatdi”

Ivan Boshkovich: “Andijon” xarakter ko‘rsatdi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Andijon” - “So‘g‘diyona” (2:2) o‘rtasidagi o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich ishtirok etdi.

- Shuni aytishim mumkinki, mazmunli va qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Birinchi taymda yaxshiroq o‘ynadik. Tempni ushlab turish borasidagi rejalarimiz amalga oshdi. Afsuski, darvozamizdan ikkita to‘p o‘tkazib yubordik va kerakli vaziyatda imkoniyatni saqlab qola olmadik. O‘zgarishlar orqali natijani o‘zgartirishga harakat qildik. Yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik, barchasi o‘z qo‘limizda edi. Biroq g‘alabani ushlab qola olmadik. Barcha ko‘rdi, oxirgi soniyalargacha g‘alaba uchun kurashish kerak edi. “Andijon” munosib harakat qilib, xarakter ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborguncha yaxshi o‘ynadik. Keyinchalik o‘yinimiz unchalik qovushmadi. G‘alabani saqlab qola olmaganimiz biz uchun afsuslanarli. Uch ochkoni qo‘lga kirita olmaganimiz alamli bo‘ldi.

- Doriyevning goligacha bo‘lgan vaziyatda uni “Andijon” himoyachisi yaxshi qo‘riqladi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Albatta, bunga yo‘l qo‘ymadi. Birgina unga bog‘liq emas. Bu jamoaviy o‘yin. Bir o‘zi hech nima qila olmaydi. Jamoa bilan yaxshi natijaga erishishi mumkin. Faqat bir futbolchini yaxshi yoki yomon o‘ynadi, deb ayta olmayman.

- Bugun Rubin Xebay qaydnomada ham ko‘rinmadi...

- Uni jarohati bor, lekin jiddiy emas. Yaqin kunlarda jarohatdan forig‘ bo‘lgach yana maydonga qaytadi. O‘zbekiston Kubogi yarim finalida “Buxoro” bilan o‘yinimiz bor. O‘ylaymanki, u o‘sha uchrashuvda jamoamizga yordam beradi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:01, 21.09.2025.
O'qildi: 895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик