"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva qaysi futbolchilarni eng qiyin raqib deb bilishini aytdi.
Mavzu Chempionlar ligasidagi raqobat haqida edi. "Shaharliklar" sardori ikki nafar braziliyalik - Vinisius Junior va Rodrigoni aytib o‘tdi.
"Chempionlar ligasidagi eng qiyin raqiblarmi? "Real Madrid"dan Vinisius va Rodrigo", - dedi Bernardu.













