Kirish Ro'yxatdan o'tish

Vinisius - o‘z goli haqida: "Men Modrichdan o‘rganganman"

Vinisius - o‘z goli haqida: "Men Modrichdan o‘rganganman"

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Junior La Liga doirasidagi "Levante"ga (4:1) qarshi o‘yinda urgan goli haqida gapirdi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida braziliyalik futbolchi hisobni ochgan bo‘lsa, birozdan so‘ng golli uzatmani amalga oshirdi. Vinisiusning goli bellashuvning bezagi bo‘ldi: u to‘pni oyog‘ining tashqi tomoni bilan uzoq burchakka joylab qo‘ydi.

"Bunday gollarni "trivela" bilan kiritishni menga Luka Modrich o‘rgatgan. U bizga yetishmayapti. Men bunday zarbalarni har doim yaxshi bajara olganman. Bu mening eng chiroyli gollarimdan biri," - deya 25 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Kiritildi: 08:13, 24.09.2025.
O'qildi: 1089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик