"Liverpul" markaziy himoyachisi Jovanni Leoni Liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Arne Sloot 81-daqiqada 18 yoshli futbolchini almashtirishga majbur bo‘ldi. "Vaziyatni baholashimiz kerak, bu bir kechada yaxshi bo‘lmaydi.
U sinovlardan o‘tishi kerak, shunda jarohatning jiddiyligi haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Vahima qilmaymiz.
Biz eng yaxshi holatga umid qilamiz", - deya niderlandiyalik murabbiyning so‘zlarini keltirgan jurnalist Ben Jeykobs.













