Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbekiston va Qirg‘iziston futzal tashkilotlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston futzal tashkilotlari hamkorligi mustahkamlanmoqda

Baho:
+ | -

Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasi munosabati bilan Bishkek shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov boshchiligidagi delegasiya a’zolari bugun Qirg‘iziston futbol ittifoqining birinchi vise-prezidenti, Qirg‘iziston futzal assosiasiyasi prezidenti Nurdin Bukuyev, Qirg‘iziston futbol ittifoqi bosh kotibi Mederbek Sidikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar futzal sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Qirg‘iziston futbol ittifoqi rahbariyati O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani bilan samimiy muborakbod etdi.

— Futbol taraqqiyoti bo‘yicha O‘zbekistondan o‘rganadigan jihatlarimiz ko‘p. Qo‘shnilarimiz bosib o‘tgan yo‘l biz uchun maktab vazifasini o‘taydi. Shu bois tajriba almashib turish, muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim, — dedi Nurdin Bukuyev.

Shuningdek, Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonda futzal yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni ham yuqori baholadi. Muloqot chog‘ida tomonlar terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlari va boshqa qo‘shma tadbirlarni tashkil etish orqali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidlashdi.

Uchrashuv yakunlarida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 16:55, 24.09.2025.
O'qildi: 802 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик