Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Kyeza: «Jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman»

Kyeza: «Jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman»

Baho:
+ | -

Federiko Kyeza yangi mavsumda «Liverpul»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.

Italiyalik yarimhimoyachi APLda birinchi golini urdi va kechagi Angliya liga kubogi bahsida «Sautgempton»ga qarshi (2:1) ikki golli uzatma berdi.

«O‘tgan yil juda og‘ir bo‘ldi, ammo o‘ylaymanki, men murabbiy (Arne Slot) ko‘rmoqchi bo‘lgan darajaga chiqolmadim. Lekin uning tanlovini tushundim. Bu yil esa hammasi boshqacha. Jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Murabbiy ham buni ko‘rib, menga ko‘proq imkoniyat berdi.

Premyer-liga o‘yinlariga hissa qo‘shganimdan xursandman. «Liverpul» har bir futbolchisidan shuni kutyapti. Murabbiy ham, boshqa o‘yinchilar ham shuni xohlaydi. Agar sen «Liverpul» uchun o‘ynasan, vaziyatni o‘zgartirishga qodir bo‘lishing kerak.

Hozir men juda baxtliman va kelajakda yana ko‘proq imkoniyat olish uchun ko‘proq mehnat qilishim lozim. Men top-klubda o‘ynayapman. Balki bu dunyodagi uchta eng yaxshi klubdan biri.

Bu «Liverpul». Albatta, ular eng kuchli futbolchilarni xarid qiladi va raqobat yuqori bo‘ladi. Agar raqobatni istamasam, boshqa klubga o‘tishim mumkin. Lekin men raqobatni xohlayman! Shu yerda o‘ynashni istayman va, o‘ylaymanki, raqobat seni kuchliroq qiladi.

Murabbiy menga dastlabki to‘rtta o‘yinda imkoniyat berdi va o‘ylaymanki, jamoaga yordam bera olishimni ko‘rsatdim», — dedi «Liverpul» yarimhimoyachisi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:44, 24.09.2025.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик