Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot: «Uning ahvoli yaxshi emas»

Slot: «Uning ahvoli yaxshi emas»

Baho:
+ | -

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot himoyachi Jovanni Leonining jarohati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Italiyalik futbolchi mersisaydliklar safidagi ilk o‘yindayoq tizzasidan jiddiy jarohat olgan edi.

"Leonining ahvoli yaxshi emas, chunki u oldingi xochsimon bog‘lamini yirtib olgan. Bu esa u bir yilga yaqin vaqtni o‘tkazib yuborishini anglatadi. Yosh bo‘lib boshqa mamlakatga kelib, birinchi o‘yinda yaxshi o‘ynagandan so‘ng, bunday vaziyatga ijobiy qarash juda qiyin. Biroq bu dahshatli jarohatdan tuzalganidan keyin uning oldida hali ko‘p yillar bor," - deya Slot jurnalistlarga ma’lum qildi.

27 sentyabr shanba kuni "Liverpul" Premyer-liga doirasida "Kristal Pelas" maydoniga safar qiladi.

Kiritildi: 16:24, 26.09.2025.
O'qildi: 855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик