Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton 1-0 Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl 2-1 Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Maksim Shatskix: “Futbolchilar men uchun qahramon”

Maksim Shatskix: “Futbolchilar men uchun qahramon”

Baho:
+ | -

“Andijon” - OKMK (1:0) bellashuvida keyin mezbonlar bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida qatnashdi.

— Maksim Aleksandrovich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Uchrashuv borasidagi fikrlaringiz?
— Tabrik uchun rahmat. Barchamiz baxtlimiz. Bu biz uchun juda muhim g‘alaba edi. Bu g‘alabani “Andijon” 16 yil kutdi. Agar o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, yaxshi harakat qildik, deb o‘ylayman. Ikkinchi taym oxirlarida asosan hisobni ushlab qolish uchun harakat qildik. Sabr bilan o‘ynadik va o‘z maqsadimizga erishib, g‘alaba qozondik.

— O‘yindan qoniqdingizmi?
— Ha, qoniqdim. Biz OKMKga qarshi nimalarni rejalashtirgan bo‘lsak, barchasini bajardik. Bir so‘z bilan aytganda, gap yo‘q. Futbolchilar men uchun qahramon.

— Otabek Jo‘raqo‘ziyev “Olimpik”da ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatgandi. Ammo “Andijon”da oxirgi paytlarda o‘sini biroz pasaygandek. Bunga fikringiz qanday?
— Bilmadim, balki ayrim paytda ishonchsizlik yo‘qolgandir. Har qanday o‘yinchi vaziyatlarni yaxshi his qilishi kerak. Yangi jamoa, yangi muhit bo‘lishi mumkin. Balki futbolchiga bo‘layotgan talablar oldingidek bo‘lishi mumkin, lekin jamoa va jamoadoshlar u uchun yangi. Avval ham aytganman, biroz vaqt kerak, deb o‘ylayman. U yaxshi futbolchi va o‘zini ko‘rsata oladi.

— Keyingi o‘yin OCHL 2 doirasida Qatarning “Al-Ahli” klubiga qarshi bo‘ladi. Bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik va reja qanday bo‘ladi?
— Barchasi reja asosida. Tayyorgarlik davom etyapti.

— Ushbu uchrashuvda ham g‘alaba kutyapmiz...
— Albatta, biz ham - barchamiz g‘alaba kutyapmiz. Har doim g‘alabani xohlaymiz. Ishoning, har bir uchrashuvda g‘alabani ko‘zlab maydonga tushyapmiz. Afsuski, bu har doim ham amalga oshavermaydi.

— Oldingi uchrashuvda ham, bugun ham jamoa golli vaziyatlar yaratyapti, ammo yetarlicha foydalana olmayapti...
— “So‘g‘diyona”ga ikkita gol urdik, bugun bitta urdik. Nima, har o‘yinda 5 ta gol urishimiz kerakmi? Biz “Andijon”miz, “Barselona” emasmiz. “So‘g‘diyona” bilan uchrashuvni to‘g‘risi eslashni ham xohlamayman. O‘yin nazoratimiz ostida o‘tdi, yutishimiz kerak edi. Lekin, mayli, hammasi uchun rahmat. Oxirgi daqiqada hisobni tenglashtirdik. Yaxshi harakat qilyapmiz, faqat yakunda kamchiliklarimiz bor. OKMK bizning darvozamizga birinchi taymda faqat bir marta zarba yo‘lladi, xolos. Ikkinchi taymda esa tushunishimiz kerakki, biz hisobni ushlab qolish uchun kurashganimizda ular ko‘proq hujum qildi. Biz bu g‘alabaga loyiq edik.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:09, 27.09.2025.
O'qildi: 958 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик