Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vest Xem" yangi murabbiy tanladi

"Vest Xem" yangi murabbiy tanladi

Baho:
+ | -

Londonning "Vest Xem" klubiga kim bosh murabbiy bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

27 sentyabr kuni "bolg‘achilar" matbuot xizmati Grem Potter ishdan bo‘shatilgani haqida rasman xabar berdi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ta’kidlashicha, "Vest Xem" rahbariyati "Nottingem Forest"ning sobiq ustozi Nunu Eshpiritu Santuni tayinlashga kelishib olgan. Bugunning o‘zida murabbiy ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi va "Everton"ga qarshi bo‘lajak o‘yinda jamoani boshqaradi.

Ortda qolgan 5 turdan so‘ng "Vest Xem" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida bor-yo‘g‘i 3 ochko mavjud.

Kiritildi: 16:02, 27.09.2025.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик