Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Angliyada so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Angliyada so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar bo‘yicha rekord o‘rnatildi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasida 6-turning birinchi o‘yin kuni yakuniga yetdi. So‘nggi bahsda "Tottenxem" "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuvda Joau Palinyaning 94-daqiqadagi aniq zarbasi evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Shanba kungi yettita o‘yinda 90-daqiqada yoki undan keyin sakkizta gol urildi - bu bir o‘yin kunida APL tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir, deb yozadi Opta.

Yuqorida tilga olingan "shporlar"dan tashqari, o‘yin oxirida "Brentford" ("Manchester Yunayted"ga qarshi), "Kristal Pelas" ("Liverpul"ga qarshi), "Bornmut" ("Lids"ga qarshi), "Manchester Siti" ("Byornli"ga qarshi ikki marta) va "Brayton" ("Chelsi"ga qarshi ikki marta) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 07:29, 28.09.2025.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик