Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Al-Hilol» — «Nasaf»ning OFK Elit chempionlar ligasi 2-turidagi raqibi haqida

«Al-Hilol» — «Nasaf»ning OFK Elit chempionlar ligasi 2-turidagi raqibi haqida

Baho:
+ | -

29-sentyabr kuni «Nasaf» klubi OFK Elit chempionlar ligasi 2-turi doirasida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasini qabul qiladi. Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalamiz.

«Al-Hilol» jamoasi 68 yillik tarixga ega. Klub 1957-yilning 16-oktyabr sanasida tashkil etilgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "Az-Za’iym" (boshliqlar), "Blue Whales" (ko‘k kitlar) va "Blue Power" (ko‘k qudrat) kabi nomlar berilgan. Shuningdek, Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) 2009-yil «Al-Hilol»ni Osiyoning XX asrdagi eng kuchli klubi deya e’tirof etgan.

«Al-Hilol» o‘z uy uchrashuvlarini Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arenada o‘tkazmoqda. Ushbu maydon o‘z bag‘riga 26 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.

Jamoa Saudiya Arabistoni Professional ligasining 19 karra chempioni, 11 karra Qirol kubogi sohibi va yana 4 karra Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining g‘olibi sanaladi.

Jamoa shu vaqtga qadar Osiyo Futbol Konfederasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy musobaqalarda 243 ta o‘yin o‘tkazgan. 137 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 49 ta o‘yin riyodliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangan. 57 ta bahsda durang natija qayd etilgan.

Jamoani ayni paytda 49 yoshli italiyalik mutaxassis Simone Indzagi boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis Italiyaning «Lasio» va «Inter» jamoalaridagi faoliyati bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish. Uning boshqaruvida «Inter» klubi Italiya A seriyasi va kubonida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. UYEFA chempionlar ligasi musobaqasida 2 marta finalga qadar yetib borishni uddaladi. Inzagi 2025-yilning 4-iyun sanasidan beri «Riyod» shahri klubiga ustozlik qilib kelmoqda.

«Al-Hilol» jamoasi tarkibida ayni vaqt «Sevilya» klubi sobiq posboni Yassin Bunu, «Chelsi» klubi sobiq himoyachisi Kalidu Kulibali, «Milan» jamoasi sobiq a’zosi Teo Ernandes, «Manchester Siti» sobiq vakili Joau Kanselu va «Liverpul» jamoasi sobiq hujumchisi Darvin Nunyez kabi futbolchilar to‘p surmoqda.

Eslatib o‘tamiz, OFK Elit chempionlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Al-Hilol» bahsi 29-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin 18:45 da start olishi ko‘zda tutilgan.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:30, 28.09.2025.
O'qildi: 1604 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик