Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Milan» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, «Napoli»ni mag‘lub etdi va A seriyasida peshqadamga aylandi (videosharh)

«Milan» bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, «Napoli»ni mag‘lub etdi va A seriyasida peshqadamga aylandi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionati 2025/26 yilgi mavsumi 5-turidan o‘rin olgan «Milan» va «Napoli» jamoalari o‘rtasidagi chchrashuv Milandagi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsda uy egalari 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozondi.

Hisobni uchinchi daqiqada milanlik hujumchi Aleksis Salemakers ochdi. 31-daqiqada «qizil-qoralar» forvardi Kristian Pulishich farqni ikki golga yetkazdi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalarining himoyachisi Pervis Estupinyan jarima maydoni ichidagi qoidabuzarlik uchun maydondan chetlatildi. «Napoli» yarim himoyachisi Kevin De Bryoyne 60-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.

Neapolliklar bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, qolgan daqiqalarda raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

Joriy mavsumda Antonio Konte qo‘l ostidagi «Napoli» 5 o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab A Seriyasi jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Massimiliano Allegri boshqarayotgan «Milan» esa shuncha ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Italiya — A Seriyasi, 5-tur
28 sentyabr 2025 yil, Milan, «San-Siro» stadioni
Milan — Napoli — (2:1)
Gollar: Salemakers (3'), Pulishich (31') — De Bryoyne (60')
Chetlatish: Estupinyan (57')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:38, 29.09.2025.
O'qildi: 1662 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик