Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Karvaxal juda muhim o‘yin uchun qaytish niyatida

Karvaxal juda muhim o‘yin uchun qaytish niyatida

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal yaqinda jarohat olib safdan chiqqandi. Ispaniyalik futbolchi La Liga shanba kuni bo‘lib o‘tgan "Atletiko"ga (2:5) qarshi o‘yinning 59-daqiqasida zaxiraga olindi. AS xabariga ko‘ra, Karvaxal 26 oktyabr kuni "qaymoqranglilar" maydonida bo‘lib o‘tadigan "Barselona"ga qarshi o‘yinga qaytishni rejalashtirmoqda. 33 yoshli futbolchi "klasiko" oldidan tiklanish uchun barcha ishni qiladi.

Yakshanba kuni "ko‘k-anorranglilar" "Real Sosyedad"ni mag‘lub etib (2:1), 7 turdan so‘ng "qaymoqranglilar"ni 1 ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi.

Xabi Alonso jamoasining navbatdagi o‘yini 30 sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi - raqib "Qayrat."

Kiritildi: 08:02, 29.09.2025.
O'qildi: 1327 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик