Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya 1-1 Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton 3-0 Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao 0-0 Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor 2-1 Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Vadim Abramov: «Manchester Siti» emasmiz, buni to‘g‘ri tushunish kerak»

Vadim Abramov: «Manchester Siti» emasmiz, buni to‘g‘ri tushunish kerak»

Baho:
+ | -

Superliga 23-turi doirasidagi «Dinamo» - «Sho‘rtan» (2:0) o‘yinidan keyin Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— Kutganimdek, kubok yarimfinalidagi omadsizlikdan keyin bugun emosional jihatdan og‘ir o‘yin bo‘ldi. Bugun jamoaga tetiklik yetishmagandek bo‘ldi. Shunga qaramay, yigitlarga g‘alaba uchun rahmat aytish kerak. Tezkor gol urdik, qator vaziyatlarni golga aylantira olmadik, faqat yakunda ikkinchi golni kiritdik. «Sho‘rtan»ni qanday o‘ynashini bilardik, uzoq paslar va qarshi hujumlarga intildi. Nima ro‘y berishi kerak bo‘lsa, ro‘y berdi.

— So‘nggi ikki o‘yindagi alamli mag‘lubiyatdan keyin «Dinamo»dan bugun jiddiy qasd olish kutishgandi, ammo jamoa bor e’tiborini o‘yinga qarata olmagandek ko‘rindi...
— Bu emosional holat bilan bog‘liq. Kubok yarimfinalidan keyin kayfiyat zo‘r emas. To‘rt kun avvalgi yarimfinaldagi 120 daqiqalik o‘yin, Toshkentdan qaytish, mashg‘ulotlar – tiklanish uchun ko‘p vaqt qolmagandi. Yana 4 kundan keyin Termizga uzoq safar kutib turibdi. Kuchimiz cheksiz emas, zaxiramiz ham uzun deb bo‘lmaydi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinchilar tushgan bo‘lsa-da, vazifa osonlashib qolgani yo‘q. Bu borada muammolar bor, albatta.

— Birinchi bo‘limda gol urishni juda istagan Qodirqulovni tanaffusda almashtirdingiz, Hojimirzayevni ham qulay vaziyatdan foydalana olmagach, tarkibdan oldingiz...
— Aytganimdek, zaxira o‘rindig‘imiz tor. Hoshimov va yana aksariyat o‘yinchilarimiz jarohat olgan, diskvalifikasiya bo‘lganlar bor. Anvar gol urmagan vaziyatda ayrim muxlislar baqirgani meni hayron qoldirdi, har qalay u jamoamiz yetakchisi, gol urib kelmoqda. Hammada ham bunday vaziyatlar bo‘lib turadi, shu paytda muxlislarimiz qo‘llab-quvvatlashi kerak. O‘sha muxlislar esa noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishdi deb o‘ylayman. Ularni tushunaman – barchani mag‘lub etishimizni istashadi, ammo biz «Man Siti» emasmiz, buni to‘g‘ri tushunib qabul qilishlari kerak. Shusiz ham borimizni berib harakat qilyapmiz.

Gap faqat uning avvalgi o‘z nuqtasida ham o‘ynamayotganida emas, u katta hajmdagi ishni bajarmoqda, unga «nagruzka» tushmoqda, 4 kun avval 120 daqiqa o‘ynadi, penaltidan gol ura olmaganidan juda xafa bo‘ldi. Mana shunday ruhiy qiyin pallada uni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga unga bosim qilishmoqda, u jamoamiz yetakchisi, muhim gollarimizni urmoqda.

Qodirqulov? Sanjarning imkoniyatlarini yaxshi bilaman, u tez orada eng yaxshi sport formasiga kirib, yetakchilik qobiliyatini ko‘rsatishiga ishonaman.

— «Surxon» bilan o‘yingacha jarohatlanganlardan kimdir tarkibga qaytishiga umid qilsak bo‘ladimi?
— Yo‘q. Jarohatlangan futbolchilardan kimdir qayta olsa, kamida oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan keyin qaytadi, ungacha tarkibda bo‘lmaydi, — deydi Vadim Karlenovich matbuot anjumanida.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 06:46, 30.09.2025.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик