Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Deku: «Biz hech qachon Niko Uilyams ortidan quvmaganmiz»

Deku: «Biz hech qachon Niko Uilyams ortidan quvmaganmiz»

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku «Atletik» vingeri Niko Uilyamsning kataloniyaliklar safiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

— Biz hech qachon Niko Uilyams ortidan quvmaganmiz. Aslida uning agenti bir necha marta biz bilan bog‘langan, aksincha emas. «Atletik» uning vakilidan bu gaplar nega tarqalganini so‘rashi kerak. O‘yinchi, ochig‘ini aytganda, biz qidirayotgan profilga ham to‘liq mos kelmasdi, — dedi Deku.

Transfer siyosatida aniq qoidalar
Funksioner «Barselona»da transfer siyosati qat’iy qoidalarga asoslanishini, agentlar yoki futbolchilarning bosimiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi:

— Biz shartlarni va parametrlarni o‘zimiz belgilaymiz. Shundan keyin muzokaralar qog‘ozga tushishi kerak. Biz aniq aytdik: klubga hech qanday futbolchi o‘z qoidalarini o‘tkaza olmaydi.

Uilyams va Yamal – do‘stlar
Uilyamsning «Barselona»ga o‘tishi haqidagi ovozalarga uning jamoaning yosh yulduzi Lamin Yamal bilan yaqin do‘stligi ham sabab bo‘lgan.

Ikki vinger ham Yevro-2024da Ispaniya terma jamoasi safida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan: Uilyams ikki gol urgan va bir golli uzatma qilgan.

Hozirda Niko Uilyams jarohatdan tiklanmoqda. Joriy mavsumda u La Ligada uchta o‘yin o‘tkazib, bir gol va bir golli uzatma qayd etdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 16:42, 30.09.2025.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.