Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

"Siti" yulduzi: "Milan"ni tark etish men uchun juda og‘ir bo‘ldi"

"Siti" yulduzi: "Milan"ni tark etish men uchun juda og‘ir bo‘ldi"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tidjani Reynders "Milan"dan ketishi haqida gapirdi. 27 yoshli futbolchi yozgi transferlar vaqtida Italiyani APLga almashtirdi.

"Milan"ni tark etish men uchun juda og‘ir bo‘ldi. U yerda hamma bilan yaxshi munosabatda edim. Muxlislar, jamoadoshlarim, xodimlar... bularning barchasi mening ketishimni hissiy jihatdan murakkablashtirdi. Ammo "Manchester Siti" eshigimni taqillatganida, faoliyatim rivoji nuqtai nazaridan bu men uchun eng yaxshi qaror ekanini tushundim," - deya Reyndersning so‘zlarini keltiradi Sport Witness.

Reynders 2023-2025 yillar davomida "Milan" sharafini himoya qilgan. U o‘tgan davr mobaynida 104 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 21:43, 30.09.2025.
O'qildi: 896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик