Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

“Real Madrid” Arda Gyulerga narx belgiladi

“Real Madrid” Arda Gyulerga narx belgiladi

Baho:
+-1 | -

Madridning “Real” klubi turkiyalik futbolchi Arda Gyuler uchun narx belgiladi. Defensa Central nashrining xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” yarim himoyachi uchun 100 million yevro miqdorida taklif tushsa, muzokaralarni boshlashga tayyor.

Manbada qayd etilishicha, hozirda Gyulerga Angliyaning bir qancha klublari — xususan, “Arsenal”, “Tottenhem” va “Nyukasl”, shuningdek, Italiyaning “Milan” hamda Germaniyaning “Leypsig” va Dortmundning “Borussiya” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Turkiyalik futbolchi joriy mavsum ancha samarali o‘yin namoyish etmoqda. U “Real” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali Ardaning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda. Biroq yaqin kunlarda uning narxi oshishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, “Real” klubi Gyulerni sotish tarafdori emas. Chunki u murabbiy Xabi Alonsoning jamoasida asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Biroq katta moliyaviy taklif bo‘lsa, muzokara boshlashi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli futbolchining “Real” bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:28, 01.10.2025.
O'qildi: 4438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик