Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Futbol bo‘yicha Tojikiston terma jamoasini Katanesning sobiq jamoadoshi boshqardi

Futbol bo‘yicha Tojikiston terma jamoasini Katanesning sobiq jamoadoshi boshqardi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Tojikiston terma jamoasiga serbiyalik mutaxassis Goran Stevanovich bosh murabbiy bo‘ldi. Bu haqda mamlakat futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Stevanovich bu lavozimda so‘nggi ikki yil davomida terma jamoani boshqargan, iste’foga chiqarilgan gruziyalik murabbiy Gela Shekiladze o‘rnini egalladi.

Xabarlarga ko‘ra, shartnoma Osiyo Kubogi-2027 saralash bosqichi yakuniga qadar uzaytirish imkoniyati bilan tuzilgan.

Terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatida Tojikiston terma jamoasining sobiq ustozi Petar Segrt, Turkmaniston terma jamoasining sobiq ustozi xorvatiyalik Ante Mishe, germaniyalik Villi Kronxardt, shuningdek, bir qator rossiyalik mutaxassislar bor edi.

Qizig‘i shundaki, Goran Stevanovich 1980 yillarda Belgradning "Partizan" jamoasida yugoslaviyalik yulduzlar Predrag Miyatovich, Zlatko Zaxovich, shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanes bilan birga o‘ynagan.

Murabbiy sifatida Stevanovich Serbiya chempionligini qo‘lga kiritgan "Partizan", Afrika kubogi yarim finaliga chiqqan Gana terma jamoasi, Serbiya yoshlar terma jamoasi, shuningdek, Gresiya va Xitoy jamoalari bilan ishlagan. Mutaxassisning so‘nggi ish joyi Serbiya chempionatining ikkinchi divizioni vakili "Napredak" klubi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashida 2-turdan so‘ng o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi saralash o‘yinlari 9 va 14 oktyabr kunlari Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 14:03, 03.10.2025.
O'qildi: 1753 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик