Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Gvardiola Angliya terma jamoasiga chaqirilmagan Foden haqida fikr bildirdi

Gvardiola Angliya terma jamoasiga chaqirilmagan Foden haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Tomas Tuxel oktyabr oyidagi yig‘inga Angliya terma jamoasiga chaqirgan futbolchilar ro‘yxatidan Fil Foden chetda qoldi. Bu borada "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola izoh berdi.

"Tuxel Angliya terma jamoasi uchun nima kerakligini mendan million marta yaxshiroq biladi. Faqat shuni aytishim mumkinki, agar Foden hozirgidek o‘ynasa, terma jamoaga qaytadi.

Fodenning terma yig‘inini o‘tkazib yuborishidan xursandmanmi? Futbolchilar terma jamoalarga kirganidan xursand bo‘laman. Ammo ular sog‘-salomat qaytishsa, yanada xursand bo‘laman," - dedi Gvardiola jurnalistlarga.

5 oktyabr, yakshanba kuni "Manchester Siti" safarda "Brentford" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 17:38, 03.10.2025.
O'qildi: 751 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик