Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Yorrel Xato: «Chelsi»da chinakamiga baxtiyorman»

Yorrel Xato: «Chelsi»da chinakamiga baxtiyorman»

Baho:
+2 | -

«Chelsi» matbuot xizmati yozgi transferlar vaqti jamoa safiga qo‘shilgan iqtidorli himoyachi Yorrel Xatoning APLdagi debyuti munosabati bilan uni qisqagina musobahaga chorladi. Suhbat davomida esa endigina 19 yoshni qarshi olgan niderlanliyalik futbolchining birinchi formasi, birinchi jamoasi, umuman, faoliyatida ilk bor kuzatilgan boshqa voqeliklar xususida gap bordi.

— Yorrel, futbolchi sifatida kiygan birinchi butsangiz qaysi firmaga tegishli edi?

— Bu savol bilan bolalikdagi shirin xotiralarni yodimga soldingiz. Kechagidek yodimda, ilk marta F50 modeliga mansub qora tusli butsalardan foydalangandim. Bungacha faqat keda va krossovkalarda to‘p tepganim uchunmi, ushbu butsa juda yoqqandi.

— Ilk marta qaysi jamoa libosini kiygansiz?

— Rotterdamlikman, qolaversa, «Feyenoord» stadioni yonginasidagi uyda yashaganmiz. Tabiiyki, oilamiz a’zolari shu jamoaga muxlislik qilishardi. Xullas, ilk marta aynan «Feyenoord» libosini egnimga olganman. To‘g‘ri, hozir aniq sanani eslolmayman, lekin forma ko‘k rangda bo‘lgani yodimda. «Ayaks» akademiyasiga qabul qilinganimdan so‘ng esa chin ma’noda Amsterdam klubi muxlisiga aylandim.

— Bolalikdagi birinchi jamoangiz...

— Millionlar o‘yinida ilk saboqlarni «Zvevers» klubi tizimida olganman. Shuni aytishim kerakki, bu jamoaga 6 yoshda borib, 8-9 yoshli bolalar bilan birga shug‘ullangandim.

— Birinchi murabbiyingiz...?

— «Zvevers», «Sparta» va «Ayaks» akademiya­larida ko‘plab kuchli mutaxassislar qo‘l ostida ishladim. Ularning har biri vaqtida yetarlicha e’tibor qaratib, salohiyatimni rivojlantirishda katta yordam berdi. Shuning uchun biror murabbiyni alohida ajratib ko‘rsatishni istamayman.

— Murabbiylar tomonidan miyangizga muhrlangan birinchi maslahat...?

— Ular mudom hech qachon taslim bo‘lmaslik va orzular yo‘lida qattiq ishlashim kerakligini uqtirishgan.

— Futboldagi birinchi yaqin do‘stingiz...?

— Eng yaqini — «Smitshok» U-19 jamoasi vakili Divano Fernandes. U bilan bolalikdan birga ulg‘ayganmiz, mashg‘ulotlarga hamisha birga qatnaganmiz.

— Siz bilan xonadosh bo‘lgan birinchi futbolchi?

— «Ayaks» akademiyasida tahsil olganimda, ayni payt «Volendam»da o‘ynayotgan Preshes Ugvu bilan bir xonada turganmiz.

— Professional futboldagi debyutingiz...?

— «Ayaks» safida «Den Bosh»ga qarshi safarda kechgan kubok bahsida ilk marta maydonga tushgandim. Esimda, havo juda sovuq edi. O‘sha o‘yinga qadar 3 marta qaydnomadan joy olgan, ammo maydonga tushmagandim. Shuning uchunmi, debyutni sira o‘ylamagandim. Lekin o‘yinning chamasi 80-81-daqiqasida murabbiy menga yuzlandi va tayyorgarlik ko‘rishimni tayinladi. To‘g‘risi, o‘sha pallada qanday holatga tushganimni to‘liq tavsiflab berolmayman.

— Omma oldida birinchi marta qachon e’tirof etilganingizni eslay olasizmi?

— Bu voqea poyezdda kuzatilgandi. «Ayaks» safidagi debyutni 16 yoshda nishonlaganman. Ilk uchrashuvdan ko‘p o‘tmay, poyezdda kimdir meni tanib qoldi va birga suratga tushishni so‘radi — g‘oyat ta’sirchan, hayajonli daqiqalar.

— «Chelsi» bilan shartnoma tuzganingizdan keyingi ilk his-tuyg‘ularingiz...?

— Bunisini ham so‘z bilan ifodalash qiyin. Chunonchi, 19 yoshda jahonning ko‘zga ko‘ringan klublaridan biri nazariga tushish va shartnoma tuzish istalgan futbolchida faxr tuy­g‘usini uyg‘otadi. Hozir Londonda chinakamiga baxtiyorman, o‘zimni omadli inson sifatida his qilyapman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 16:00, 05.10.2025.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.