Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

OFK O‘zbekiston futbol assosiasiyasini yirik miqdorda jarimaga tortdi

OFK O‘zbekiston futbol assosiasiyasini yirik miqdorda jarimaga tortdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

OFK tartib-intizom va etika qo‘mitasi O‘zbekiston futbol assosiasiyasini yirik miqdorda jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi.

Gap shundaki, JCH-2026 saralash bosqichi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Qatar o‘yini davomida O‘FA OFK reglamentining 3 ta bandini buzgan.

1. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi OFKning oldindan ruxsatisiz taqdirlash marosimini tashkil etgan. Bu orqali tashkilot Marketing & Media reglamentining 6-moddasi talablarini buzgan.

2. Assosiasiya OFK va uning tijoriy hamkorlariga huquqlarni himoya qilishda yetarli ko‘mak bermagan, shuningdek, o‘z tijoriy hamkorlari yoki uchinchi shaxslarning “ambush marketing” (ruxsatsiz reklama yoki homiylik) faoliyati bilan shug‘ullanmasligini ta’minlamagan. Bu holat 13-modda (Rights Protection and Ambush Marketing) talablarini buzish hisoblanadi.

Eslatma: ushbu qoidabuzarlik O‘FA tomonidan takroriy sodir etilgan.

3. Shuningdek, O‘FA OFK va uning hamkorlarini rasmiy OAV faoliyatlarida (matbuot anjumanlari, intervyular va h.k.) qo‘llab-quvvatlamagani uchun 24-modda (Media Activities, Press Conferences and Interviews) talablarini ham buzgan.

OFK tartib-intizom va etika qo‘mitasi qarori:

1. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 6.2 va 13-moddalarni buzgani uchun 300 000 (uch yuz ming) AQSH dollari miqdorida jarimaga tortiladi.

2. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 24.2-moddani buzgani uchun qo‘shimcha 40 000 (qirq ming) AQSH dollari jarima to‘laydi.

3. Ushbu jarimalar umumiy 340 000 (uch yuz qirq ming) AQSH dollarini tashkil etadi va qaror rasman yetkazilgan sanadan boshlab 30 kun ichida to‘lanishi shart (OFK Tartib-intizom va etika kodeksi, 11.3-modda asosida).

Qo‘shimcha ma’lumot:

OFK mazkur qarorni rasmiy tarzda O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yetkazadi va belgilangan muddat ichida jarimalarni to‘lashni talab qiladi. Qaror ustidan shikoyat berilishi mumkin, bu OFK intizom kodeksida ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Manba: the-afc.com
Kiritildi: 10:51, 07.10.2025.
O'qildi: 2702 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.