Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

O‘zbekiston Kannavaroning debyut o‘yinida g‘alaba qozondi (videosharh)

O‘zbekiston Kannavaroning debyut o‘yinida g‘alaba qozondi (videosharh)

Baho:
+ | -1

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida O‘zbekiston va Kuvayt terma jamoalari 9 oktyabr, payshanba kuni Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida maydonga tushdi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi hisob 10-daqiqada ochildi. Hujumchi Eldor Shomurodov Muhammadqodir Hamraliyevning ajoyib uzatmasidan so‘ng birga-bir vaziyatga chiqib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 19-daqiqada esa oradagi farq ikki golga yetdi. Otabek Shukurovning pasidan so‘ng Hojimat Erkinov individual mahoratini namoyon etib, ikkinchi marta Kuvayt darvozasiga yo‘l topdi.

21-daqiqada Abbosbek Fayzullayev jarohat olib, maydonni tark etdi. Uning o‘rniga Azizbek Turg‘unboyev o‘yinga qo‘shildi. Bo‘limning qolgan daqiqalari ham keskin kurash ostida o‘tdi, ammo hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham O‘zbekiston ustunlikni saqlab qoldi. Hojimat Erkinov va Eldor Shomurodov kabi futbolchilar bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirdi. 63-daqiqada hisob yiriklashishi mumkin edi, biroq Otabek Shukurov hakam tomonidan belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Fabio Kannavaroning debyut uchrashuvida Kuvayt ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston — Kuvayt 2:0
Gollar: 1:0 — Shomurodov (10), 2:0 — Erkinov (19)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:46, 09.10.2025.
O'qildi: 3435 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик