Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Barsa" futbolchilarining "ajali" de la Fuente Olmoning holati haqida ma’lumot berdi

"Barsa" futbolchilarining "ajali" de la Fuente Olmoning holati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan Dani Olmo haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Dani butun hafta davomida mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, lekin u biroz charchoq va noqulaylikni sezayotganini aytdi. Bugun mashg‘ulotda 15 daqiqa harakat qildi xolos, keyin o‘zini noqulay sezgani uchun to‘xtadi.

U tibbiy tekshiruvlarga yo‘naltirildi, qolgan ma’lumotlarni tibbiy shtab taqdim etadi. Boshqa futbolchilar esa a’lo holatda", - dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "qizil furiya"ning avvalgi yig‘inida Lamin Yamal belidan jarohat olgan edi. 2024 yilda Gavi ham aynan terma jamoada xochsimon bog‘lamini yirtib olgandi.

Kiritildi: 17:23, 10.10.2025.
O'qildi: 3239 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик