Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Xvicha Kvarasxeliya «PSJ» klubiga terma jamoa safida o‘ynash imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi

Xvicha Kvarasxeliya «PSJ» klubiga terma jamoa safida o‘ynash imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi

Baho:
+ | -

24 yoshli gruziyalik vinger, hozirda «PSJ» jamoasida to‘p surayotgan Xvicha Kvarasxeliya, 2026 yilgi jahon chempionati saralashi bahslarida milliy jamoasiga yordam berish imkoniyati uchun klubiga minnatdorchilik izhor qildi.

«Tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqt bo‘lgani juda yaxshi. Eng muhim jihati — har bir futbolchi o‘zini yaxshi his qilishi. Klubimga katta rahmat aytmoqchiman, u menga ushbu o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lishimda katta yordam berdi. Keyingi uchrashuvlarga ham imkon qadar yaxshi tayyorlandim. Jamoamiz jahon chempionatiga chiqish uchun hali bor imkoniyatdan foydalanishga harakat qiladi. Bu o‘yinlarning ahamiyatini yaxshi tushunamiz. Umid qilamanki, murabbiy ko‘rsatmalariga amal qilib, barchasi bizning foydamizga yakun topadi», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini *Footmercato.net* keltiradi.

Futbolchi terma jamoa o‘yinlaridan oldin oyoqning bo‘g‘im qismida jarohat olgan va bir nechta o‘yinlarni, jumladan Chempionlar Ligasidagi «Barselona»ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborgan edi. Biroq u o‘z vaqtida tiklanishga ulgurdi.

Gruziya terma jamoasi yaqinda safarda ikki o‘yin o‘tkazadi: 11 oktyabr kuni Ispaniyaga qarshi va 14 oktyabr kuni Turkiyaga qarshi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:46, 10.10.2025.
O'qildi: 738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.