Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Gattuzo Donnarumma xatosidan so‘ng yuzaga kelgan gol haqida fikr bildirdi

Gattuzo Donnarumma xatosidan so‘ng yuzaga kelgan gol haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Estoniyaga qarshi 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng intervyu berdi.

Italyanlar Moyze Kin, Mateo Retegi va Franchesko Pio Espozitoning 4-, 38- va 74-daqiqalarda kiritgan gollari tufayli ustunlikka erishdi. Maydon egalari esa 76-daqiqada darvozabon Janluiji Donnarummaning qo‘pol xatosi - to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborishi natijasida 1 ta gol bilan javob qaytardi.

"Jijining xatosi - shunchaki bir martalik yanglishish. Bir jamoa 90 daqiqa davomida bunday ustunlik qilganini kamdan-kam kuzatish mumkin. Bu holat bizga o‘yinning so‘nggi daqiqasigacha diqqatni jamlash naqadar muhimligini eslatib turishi mumkin," - deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

14 oktyabr kuni "skuadra adzurra" o‘z maydonida Isroil terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:56, 12.10.2025.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик