Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Messi Argentina terma jamoasiga qaytdi

Messi Argentina terma jamoasiga qaytdi

Baho:
+ | -

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi ixtiyoriga qaytdi.

38 yoshli futbolchi "Inter Mayami"ning "Atlanta Yunayted"ga qarshi o‘yinida ishtirok etish uchun "albiseleste" lagerini tark etgandi. Uchrashuvda "qo‘tonlar" yirik hisobda g‘alaba qozondi (4:0), Messi esa dublga erishdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Jurnalist Gaston Edulning xabar berishicha, endilikda 8 karra "Oltin to‘p" sohibi Argentina terma jamoasi bilan mashg‘ulotlarga qaytdi. Chorshanba kuni yulduz faxriy Puerto-Rikoga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etishi mumkin.

11 oktyabr kuni argentinaliklar Messisiz Jovani Lo Chelsoning goli evaziga Venesuela terma jamoasini mag‘lub etdi (1:0).

Kiritildi: 07:35, 13.10.2025.
O'qildi: 869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик