Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

"Real" ikki nafar tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi

"Real" ikki nafar tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi o‘z akademiyasining ikki sobiq futbolchisini jamoaga qaytarishni rejalashtirmoqda. Gap "Komo" yarim himoyachisi Nikolas Pas va "Shtutgart" yarim himoyachisi Chema Andres haqida ketmoqda.

"Qaymoqranglilar" rahbariyati himoyachi Orelyen Tchuameniga munosib o‘rinbosar yo‘qligidan xavotirda. Klub yosh futbolchilarni qayta sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

21 yoshli Nikolas Pas A Seriya joriy mavsumida "Komo" safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Yozda 3 mln yevro evaziga "Shtutgart"ga o‘tgan 20 yoshli Chema Andres barcha turnirlarda yettita o‘yin o‘tkazib, gol+pas tizimida "1+1" ko‘rsatkichini qayd etdi.

Kiritildi: 16:25, 13.10.2025.
O'qildi: 2826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик