Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Fabio Kannavaro: “Jismoniy tayyorgarlikda kamchilik bor, ammo Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Fabio Kannavaro: “Jismoniy tayyorgarlikda kamchilik bor, ammo Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Baho:
+ | -

Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi. Mavjud tarkibdagi futbolchilarni ko‘rib chiqish va ularni sinovdan o‘tkazish men uchun muhim edi. Yigitlarning harakatidan mamnunman. Ular bugun borini berdi. Ikki kun oldin Malyaziyaga yetib kelganimiz bois dam olishga imkon bo‘lmadi”, dedi Fabio Kannavaro.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis Ruslanbek Jiyanovning Urugvay darvozasiga kiritgan goli haqida ham to‘xtaldi:

“Bunday o‘yinlarda gol urish muhim. Ehtimol, hisobni oldinroq ochishimiz ham mumkin edi. Yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik. Futbolchilar to‘psiz ham yaxshi imkoniyatlar yaratdi. Urugvay kabi jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Sababi ularning ko‘pchiligi Braziliya chempionatida harakat qiladi. Jamoamiz yaxshi, uni kuchaytirish imkoni bor. Byelsa singari mutaxassisdan ijobiy fikr eshitganimdan xursandman. U futbol tarixida o‘z o‘rniga ega murabbiylardan biri. Undan o‘rganadigan jihatlarim ko‘p”.

O‘zbekiston terma jamoasi ustozi futbolchilarning jismoniy holati hamda noyabr oyidagi o‘yinlar haqida gapirdi:

“Ha, jismoniy jihatdan orqadamiz — bunga qo‘shilaman. Ammo buni tuzatish uchun 8 oy vaqtimiz bor. Bu faqat mashg‘ulot emas, balki ovqatlanish, uyqu, tiklanish kabi omillarga ham bog‘liq. Jahon chempionatiga asta-sekin tayyorgarlik ko‘ramiz. Murakkab turnir bo‘lishi aniq. Noyabr oyida Dubayda ikki o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilganini eshitdim. O‘sha vaqtgacha O‘zbekistonda qolib, chempionat o‘yinlarini kuzataman, murabbiylar bilan tanishaman”.

Fabio Kannavaro o‘tkazib yuborilgan gollar haqida ham alohida to‘xtaldi:

“Birinchi gol ofsayddan kiritildi, ikkinchisida esa raqibga ko‘p hudud bo‘shatib berdik. Himoyada bir-birimizga yaqin o‘ynashimiz kerak. Diqqat va e’tibor juda muhim. Tanaffusda futbolchilarga ikkinchi bo‘limning ilk 15 daqiqasi hal qiluvchi bo‘lishini aytdim. Bugun e’tibor yetishmagani oqibatini ko‘rdik. Ikkinchi bo‘limda ayrim futbolchilarning ruhiy holati past edi. Zaxiradan tushganlar esa maydonga yaxshi kayfiyatda chiqdi. O‘yin oxirida bosimni oshirib, gol urdik. Jamoaga kelganimdan beri barcha futbolchilar borini berib o‘ynayapti — bu meni quvontiradi”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Malayziyada Urugvayga qarshi bahs olib borib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. “Oq bo‘rilar”ning o‘yindagi yagona goliga Ruslanbek Jiyanov mualliflik qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:12, 13.10.2025.
O'qildi: 2118 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.