Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Xavi JCH-2026 musobaqasining asosiy favoriti qaysi jamoa ekanligini aytdi

Xavi JCH-2026 musobaqasining asosiy favoriti qaysi jamoa ekanligini aytdi

Baho:
+-1 | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes 2026-yilgi Jahon chempionatida qaysi jamoa g‘oliblik uchun asosiy da’vogar ekanligini aytdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Xavining fikricha, mundialning asosiy favoriti Ispaniya terma jamoasi hisoblanadi. Shuningdek, mutaxassis turnirning eng yaxshi to‘purari hamda eng yaxshi futbolchisi “Barselona”ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal bo‘lishini taxmin qildi.

Murabbiy Marokash terma jamoasini ham alohida e’tirof etdi. Unga ko‘ra, Afrika qit’asi vakili chempionatning eng ko‘p hayratga soladigan jamoasi sifatida qayd etilishi mumkin.

Musobaqaning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida esa “Barselona” safida to‘p surayotgan 22 yoshli markaziy yarim himoyachi Pedrini tilga oldi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Jamoa 2022 yil Qatar maydonlarida o‘tgan musobaqada Fransiyani (asosiy va qo‘shimcha bo‘limlar 3:3, penaltilar seriyasi 4:2) mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqqan edi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni AQSHning Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:50, 15.10.2025.
O'qildi: 4071 marta.
Fikrlar: 28 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик