"Barselona" Frenki de Yong bilan yangi shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"Ko‘k-anorranglilar" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 28 yoshli niderlandiyalik xavbek 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Uning tovon puli 400 million yevrodan 500 million yevroga oshirildi.
Yangi bitimga ko‘ra, u 1 mavsumda 9-10 million yevro sof maosh oladi.













