Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Inter" sport direktori katta puldan voz kechdi

"Inter" sport direktori katta puldan voz kechdi

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Pyero Auzilio klubda qolishga qaror qildi.

Italiyalik murabbiy Simone Indzagi ortidan "Al-Hilol"ga yo‘l olishi mumkin edi, bu haqda yozda xabar berilgandi. Endi funksioner hech qayerga ketmasligini uzil-kesil tasdiqladi.

"Inter"da o‘zimni yaxshi his qilyapman, shartnomam 2027 yilgacha amal qiladi. So‘nggi paytlarda men bir nechta juda foydali imkoniyatlardan voz kechdim. "Al-Hilol" taklifi? Har qanday taklifni rad etish mumkin," - deya "neradzurrilar" sport direktorining so‘zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Pyero Auzilio "Inter"da 2010 yildan buyon ishlab kelmoqda. U hozirgi lavozimini 2014 yil fevral oyida egallagan.

Kiritildi: 08:46, 17.10.2025.
O'qildi: 803 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик