Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Potter Shvesiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Potter Shvesiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Baho:
+ | -

Shvesiya futbol federasiyasi terma jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda, deb xabar beradi Expressen.

Manbaga ko‘ra, Yon-Dal Tomasson o‘rniga Grem Potter kelishi mumkin. U asosiy da’vogar bo‘lib, tomonlar yaqin kelajakda muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Potter sentyabr oyida "Vest Xem"dan iste’foga chiqarilganidan beri erkin agent bo‘lib qolmoqda. 2011 yildan 2018 yilgacha Potter Shvesiyada "Estersund" murabbiyi sifatida ishlagan.

Agar 50 yoshli ingliz bilan kelisha olmasa, Shvesiya futbol federasiyasi boshqa nomzodlarga o‘tadi.

JCH-2026 saralashi yakunlanishiga 2 tur qolganida Shvesiya terma jamoasi 1 ochko bilan B guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:49, 17.10.2025.
O'qildi: 464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик