Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Florin Prunya: «Yurgen Klopp — «Liverpul» tarixidagi eng zaif murabbiy»

Florin Prunya: «Yurgen Klopp — «Liverpul» tarixidagi eng zaif murabbiy»

Baho:
+ | -

Ruminiya terma jamoasi va Buxarestning «Dinamo» klubi sobiq darvozaboni Florin Prunya «Liverpul» klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida keskin fikr bildirdi.

– Yurgen Klopp endi murabbiylik qilmayapti, chunki u shunchaki xohlamaydi.
– Ha bo‘ldi, o‘zingning gapdon do‘stingni eslama endi.

– Qanday qilib shunday deyishing mumkin?
– «Liverpul» tarixidagi eng zaif murabbiy.

– U «Liverpul» bilan Chempionlar ligasini yutdi, 30 yillik tanaffusdan keyin jamoaga APL chempionilik unvonini olib berdi. Futbolchilar uni juda yaxshi ko‘rishardi, maydonda u uchun sidqidildan o‘ynashardi!
– Ha, ana shuning uchun u ketdi. Lekin nega «Liverpul»dan ketdi?

– Chunki kasbning qattiq bosimi uni charchatgan edi.
– U «Red Bull Zalsburg»ga ketdi, faqat pul topish uchun. Menga u hech qachon yoqmagan. Uning o‘zi ham, u sahnada qilgan “sirk"lari ham — go‘yo tishlari bilan g‘isht chaynayotgandek — menga yoqmasdi.

– U futbol tarixidagi eng buyuk murabbiylardan biri!
– Ha, bo‘yi bo‘yicha — shunday! U bir metr to‘qson, yoki bir metr to‘qson besh? — deya Prunyaning so‘zlarini "iAMsport" keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, murabbiy Yurgen Klopp 2023/2024 yilgi mavsum yakunlangach «Liverpul»ni tark etgan. Hozirda u Red Bull tizimida faoliyat yuritmoqda. Klopp mersisaydliklar bilan APL, UEFA Chempionlar ligasi, mahalliy kuboklar va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida sovrinlar yutgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:52, 17.10.2025.
O'qildi: 2028 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.