Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Gyundogan murabbiy bo‘lishni maqsad qilgan

Gyundogan murabbiy bo‘lishni maqsad qilgan

Baho:
+ | -

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi yarim himoyachisi, o‘tmishda Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan Ilkay Gyundogan kelajagi haqida fikr bildirdi. U murabbiylik ishi bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda.

"Murabbiy bo‘lishga kelsak. Biz Pep (Gvardiola) bilan buni juda jiddiy muhokama qildik. Men haqiqatan ham bunday imkoniyatni ko‘rib chiqyapman va allaqachon birinchi murabbiylik lisenziyamni qo‘lga kiritdim. Qolganlarini ham olaman. Men hali ham o‘ynashni yaxshi ko‘raman, lekin bilamanki, bir kun kelib bu tugaydi," - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi The Athletic.

Bungacha Gyundogan Dortmundning "Borussiya", "Manchester Siti", "Barselona" va boshqa ba’zi klublarda to‘p tepgan. U joriy mavsum 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Kiritildi: 18:42, 17.10.2025.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик