"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premyer-ligasining "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yini haqida gapirdi.
"Premyer-liganing har bir o‘yinini intiqlik bilan kutyapman. Ehtimol, "Manchester Yunayted" bilan o‘yinlarni ko‘proq kutyapman, chunki ularning qanchalik o‘ziga xosligini bilaman. Biz bilamizki, bu Premyer-liganing dunyo bo‘ylab eng ko‘p tomosha qilinadigan o‘yini bo‘lishi mumkin.
Menimcha, "Manchester Yunayted" mavsumni turnir jadvalidagi ko‘rsatkichlardan yaxshiroq boshladi. G‘alaba qozonish uchun biz o‘zimizning eng yaxshi darajamizda bo‘lishimiz kerak," - dedi Slot matbuot anjumanida.
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.













