Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Xulian Alvares nega "Manchester Siti"dan ketgan edi? Gvardiola tushuntirdi

Xulian Alvares nega "Manchester Siti"dan ketgan edi? Gvardiola tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Madridning "Atletiko" klubida to‘p tepayotgan jamoaning sobiq hujumchisi Xulian Alvares haqida fikr bildirdi.

"Bizning trebl qilgan yilimizda zaxiramizda Laport, Alvares va boshqalar bor edi. Ularni bajonidil saqlab qolgan bo‘lardim, lekin ular o‘ynashni xohlashdi. Xulian - eng zo‘ri. Shuning uchun u hozir dunyoning eng yaxshi klublaridan biri - "Atletiko"da. U yuqori saviyadagi murabbiy qo‘l ostida, yuqori saviyadagi futbolchilar bilan o‘ynaydi va aql bovar qilmaydigan natijalar ko‘rsatadi," - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Xulian Alvares 2022-2024 yillarda "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng 75 million yevro evaziga "Atletiko"ga o‘tgandi. Bu mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, yettita gol urdi va uchta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:40, 18.10.2025.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик