Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

“CHelsi”ning qimmatbaho futbolchisi Buyuk Britaniyada taksi haydayotgani haqida xabarlar tarqaldi

“CHelsi”ning qimmatbaho futbolchisi Buyuk Britaniyada taksi haydayotgani haqida xabarlar tarqaldi

Baho:
+ | -

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina terma jamoasi hamda Londonning “Chelsi” klubi futbolchisi Mixaylo Mudrik taksi haydovchisi bo‘lib ishlayapti degan xabarlar tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ushbu xabar birinchi bo‘lib X (sobiq Twitter) platformasida paydo bo‘ldi va unda “Chelsi” klubi yarim himoyachisi yangi kasb tanlagani aytilgan edi.

Soxta xabarga hatto ilova qilingan tasvirlarda “Uber” taksi ilovasida “Mixaylo” ismli haydovchi ko‘rsatilgan bo‘lib, profil rasmi futbolchiga juda o‘xshash edi. Biroq bu tasvirlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi hech qanday ishonchli dalil yo‘q. Ular sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yoki boshqa maqsadda montaj qilingan bo‘lishi mumkin.

Eng asosiysi, bu mish-mish mantiqqa mutlaqo zid. Sababi Mudrik Buyuk Britaniyada olti oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan. Sababi futbolchi o‘zining BMW M8 avtomobilida tezlikni oshirgani va boshqa yo‘l harakati qoidabuzarliklari sodir etgan. Tekshiruvlardan keyin ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi 18 oy ichida Mixayloning haydovchilik guvohnomasiga jami 13 ta jarima bali yozilgan. Navbatdagi qoidabuzarlik esa avtomatik ravishda futbolchining haydovchilik huquqidan mahrum etilishiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Mixaylo Mudrik doping testidan o‘ta olmagani uchun vaqtincha futboldan chetlashtirilgan. 24 yoshli vinger “Chelsi” safida 2024 yil noyabridan beri maydonga tushmagan. Uning London klubi bilan shartnomasi 2031-yilning yozigacha amal qiladi. Klub uni 2023-yilda “Shaxtyor”dan 100 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:36, 18.10.2025.
O'qildi: 3360 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик