Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Mirko Yelichich: «90 daqiqa mobaynida hujumda o‘ynab, ikkita golni standartdan o‘tkazib yuborish... Bu haqda gapirish qiyin»

Mirko Yelichich: «90 daqiqa mobaynida hujumda o‘ynab, ikkita golni standartdan o‘tkazib yuborish... Bu haqda gapirish qiyin»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Proliganing 17-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "FarDU" klubiga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
— Birinchi bo‘limni bo‘sh boshladik. Lekin o‘yinni nazorat qilib turgandik. Chunki biz asosan to‘pni ushlab turish uchun tizim yaratgandik. Raqiblar birinchi bo‘limda unchalik ko‘p hujum qilishmadi. Ularga gol urishi, o‘yinning intensivligi oshishi uchun biz yordam berdik.

— Bugun jamoa standartlardan keyin ikkita gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda nima deya olasiz?

— E’tiborsizlik. Yigitlar bo‘layotgan voqeliklarga shunchaki qarab turishdi va reaksiya qilishmadi. Bu haqda men ko‘p gapirganman. Pozisiya bu alohida narsa, lekin e’tibor to‘pda bo‘lishi kerak. Tarkibda 2-3 nafar bo‘yi uzun futbolchilar bor. Ular bunday paytlarda xavfni bartaraf qilishlari kerak. Chunki standartlar o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. 90 daqiqa mobaynida hujumda o‘ynab, ikkita golni standartdan o‘tkazib yuborish... Bu haqda gapirish qiyin.

— Umuman olganda jamoaning o‘yinidan mamnunmisiz?

— Darajani oshirish kerak. Biz esa o‘sha darajani izlayapmiz. Shuningdek, barqarorlikni ushlash kerak. 90 daqiqa davomida mehnat qilyapsizmi, sifatli ishlash kerak. Bo‘shashsangiz istalgan raqib qiynab qo‘ya oladi. Hozir jamoaning o‘yini unchalik yomon emas, lekin o‘yindan-o‘yinga darajani oshirish kerak. Aynan shu narsa hozir jamoaga yetishmayapti. Qo‘shish uchun esa ishlash kerak.

— Jamoa bugun uydagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Oldinda 3 safar o‘yini kutib turibdi.

— O‘yinlar qiyin bo‘ladi, ayniqsa «Aral» hamda «Jayxun»ga qarshi bahslar. Chunki u yerdagi maydonda futbol o‘ynash qiyin. Bunday maydonda harakat qilmasdan chempionlikni qo‘lga kiritishning imkoni yo‘q. Bu holatni o‘rganib chiqishimiz kerak.

— «FarDU» jamoasi haqidagi fikrlaringiz.

— Ular 5-3-2 tizimida o‘ynayotganida ko‘p rejalari amalga oshmoqda. Agarda 4-4-2 sxemasida o‘ynashganida bizning rejalar o‘xshagan bo‘lardi. Murabbiy almashganidan keyin ular zich futbol o‘ynashmoqda. Hozir jamoa nima qilish kerakligini bilmoqda, futbolchilarning o‘zlarida yetarlicha fikrlar bor.

— Farg‘onadagi o‘yindan keyin Siz maydonning holatini yomon va futbol o‘ynashga noqulay deb aytgandingiz.

— Yo‘q, unday demaganman. U yerda futbol o‘ynasa bo‘ladi. Shunchaki maydon oyoqlar va mushaklar uchun biroz zararli, maydon notekis holatda edi. Chim yaxshi, biroq maydonning o‘zi notekis bo‘lgandi. Agarda krossovkada stadionga chiqsangiz maydonning notekisligini sezasiz. U yerda 90 daqiqa o‘ynash biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Lekin umuman olganda maydon yaxshi holatda.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 23:09, 18.10.2025.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик