Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Saudiya chempionati. Feliksning xet-trigi va Ronalduning «An-Nasr»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (videosharh)

Saudiya chempionati. Feliksning xet-trigi va Ronalduning «An-Nasr»ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 5-turi doirasida “An-Nasr” o‘z maydonida “Al-Fotih” klubi qabul qildi. Bellashuv Ar-Riyoddagi “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlar 5:1 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida “An-Nasr” forvardi Joau Feliks hisobni ochdi. 55-daqiqada “Al-Fotih” yarimhimoyachisi Sofian Bendebka hisobni tenglashtirdi. Shundan so‘ng 60-daqiqada Krishtianu Ronaldu jamoasini yana oldinga olib chiqdi — bu uning professional karyerasidagi 949-gol bo‘ldi. 68-daqiqada Feliks dubl rasmiylashtirdi, 75-daqiqada Kingsli Koman hisobni yirik qilib oldi va 79-daqiqada Feliks xet-trigi bilan o‘yinni yakunladi.

Bu g‘alabadan so‘ng “An-Nasr” 15 ochko bilan Saudiya Pro-ligasi jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. “Al-Fotih” esa bir ochko bilan 16-pog‘onada joylashgan.

Saudiya Arabistoni — Pro-liga. 5-tur
2025 yil 18 oktyabr, shanba.
An-Nasr (Ar-Riyod) — Al-Fotih (Al-Mubarraz) — 5:1
Gollar: 1:0 — Feliks (13'), 1:1 — Bendebka (55'), 2:1 — Ronaldu (60'), 3:1 — Feliks (68'), 4:1 — Koman (75'), 5:1 — Feliks (79')

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:21, 19.10.2025.
O'qildi: 1997 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик