Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Amorim "Manchester Yunayted" yangi darvozabonining asosiy mahoratini aytdi

Amorim "Manchester Yunayted" yangi darvozabonining asosiy mahoratini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning yangi darvozaboni Senne Lammensning fazilatlari haqida gapirdi.

Belgiyalik sentyabr oyi boshida "qizil iblislar" safini to‘ldirib, "Antverpen"dan ko‘chib o‘tgandi. Ikki hafta muqaddam Lammens mankunianliklar safida "Sanderlend"ga (2:0) qarshi debyut o‘yinida darvozani daxlsiz saqlab qolgandi.

"Senneda juda qadrli bo‘lgan bir jihat bor - u ikkala oyog‘ida ham juda yaxshi o‘ynaydi. Raqiblar uni pressing qilishda qiynalishadi, chunki u ham chap, ham o‘ng oyoq bilan zarba bera olishini bilishadi. Bu muhim," - deya Amorimning so‘zlarini keltiradi United Stand.

Yakshanba kuni "MYU" Premyer-liga doirasida "Liverpul" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 08:09, 19.10.2025.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик