Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Xetafe" himoyachisi - Vinisiusga: "Shuning uchun ham seni butun dunyo yomon ko‘radi"

"Xetafe" himoyachisi - Vinisiusga: "Shuning uchun ham seni butun dunyo yomon ko‘radi"

Baho:
+3 | -

"Xetafe" Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Juniorning xatti-harakatlaridan norozi bo‘ldi. Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan La Liga uchrashuvi "qaymoqranglilar"ning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol muallifi Kilian Mbappe bo‘ldi - u 80-daqiqada darvozani ishg‘ol qildi.

Gol urilishiga uch daqiqa qolganida "Xetafe" o‘n kishi bo‘lib qoldi - Vinisius Junirni to‘p yo‘q joyda to‘xtatgan Allan Nyom maydondan chetlatildi. Murabbiy Xose Bordalasning fikricha, braziliyalik futbolchi hakamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishga majbur qilish uchun simulyasiya qilgan. Mezbonlar futbolchilari ham xuddi shunday fikrda edi.

Epizodlardan birida Vinisius himoyachi Xuan Iglesias bilan to‘qnashib ketdi. Ispaniyalik raqibiga o‘zining fikrini aytdi: "Shuning uchun ham seni butun dunyo yomon ko‘radi. Jamoadoshlaringdan o‘rgan," - deya 27 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.

Keyingi turda "Real" "Barselona" bilan, "Xetafe" Bilbaoning "Atletik" klubi bilan o‘ynaydi.

Kiritildi: 08:01, 20.10.2025.
O'qildi: 1814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик