Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

"Chelsi" va "Milan" Liga 1 to‘purariga da’vogarlik qilmoqda

"Chelsi" va "Milan" Liga 1 to‘purariga da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

"Strasburg" hujumchisi Xoakin Panichelli Yevropaning nufuzli klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

23 yoshli futbolchi joriy mavsumni yaxshi boshladi va Liga 1ning 8 o‘yinida 7 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, argentinalik futbolchining muvaffaqiyatlarini "Milan" va "Chelsi" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, hujumchiga "RB Leypsig", "Sevilya" va "Benfika" klublari da’vogarlik qilmoqda. Futbolchining transferi yanvar oyida ochiladigan qishki transfer oynasidayoq amalga oshishi mumkin.

Transfermarkt ekspertlari Xoakin Panichellining narxini 12 mln yevroga baholamoqda. Aynan "Strasburg" hujum chizig‘i yetakchisi ayni damda Fransiya chempionatida to‘purarlar poygasida Meyson Grinvud (olti gol) va Ansu Fatini (besh gol) ortda qoldirib, peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 08:05, 20.10.2025.
O'qildi: 1251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик