Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Nottingem Forest" portugaliyalik murabbiyning tovon pulini to‘lab, jamoaga olib kelishga tayyor

"Nottingem Forest" portugaliyalik murabbiyning tovon pulini to‘lab, jamoaga olib kelishga tayyor

Baho:
+ | -

"Nottingem Forest" dam olish kunlari Ange Postekoglu bilan xayrlashdi va endi jamoaga yangi bosh murabbiy izlamoqda. "O‘rmonchilar" e’tiborida "Fulxem"ni boshqarayotgan Marku Silva turibdi. Nufuzli insayder Janluka di Marsioning ma’lumotiga ko‘ra, "Forest" portugaliyalikning amaldagi shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘lashga tayyor.

Gap qanday summa haqida ketayotganiga Di Marsio aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, avvalroq Britaniya OAVlari Silvani 8 million funtga (taxminan 9,2 million yevro) sotib olish mumkinligi haqida yozgan edi.

"Nottingem Forest" ayni damda Premyer-liga turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. "O‘rmonchilar" keyingi turda "Bornmut"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 16:09, 20.10.2025.
O'qildi: 1276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик