Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

«Al-Xolidiya» haqida nimalar ma’lum?

«Al-Xolidiya» haqida nimalar ma’lum?

Baho:
+ | -

«Andijon» klubi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi doirasida Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasini qabul qilishidan xabaringiz bor.

Ayni paytda «B» guruhida «Al-Xolidiya» ikkita turdan so‘ng 4 ochko jamg‘arib peshqadam bo‘lib turibdi. Ilk turda Qatarning «Al-Ahli» jamoasi bilan 0:0 o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi turda Turkmanistonning «Arkadag‘» klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

«Al-Xolidiya»ga 2020 yilda asos solingan. Klub uy o‘yinlarini “Bahrayn milliy” stadionida o‘tkazadi. Ushbu arena o‘z bag‘riga 30000 tomoshabinni sig‘dira oladi.

Bu jamoaning erishgan yutuqlari bor. O‘tgan yili Bahrayn qirol Kubogi sohibiga aylangan bo‘lsa, undan avvalgi ketma-ket ikki yil davomida  Bahrayn chempioni bo‘lgan. Umuman olganda, «Al-Xolidiya» hisobida 5 ta sovrin bor. Ikki marta qirol Kubogi sohibi, ikki marta mamlakat chempionligi va bir marta Superkubokni qo‘lga kiritgan. Klub 2021 yildan beri sovrin yutib kelmoqda.

«Al-Xolidiya» Andijonga safari oldidan milliy chempionatning 5-tur doirasida “Bahrayn SK” jamoasini qabul qildi va 4:0 hisobida raqibini tor-mor keltirdi. Hozirgi paytda 5 ta o‘yinda 3 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etib, 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Klubni mahalliy 44 yoshli mutaxassis Ali Ashur boshqarib bormoqda.

Shuningdek, jamoada legionerlarga ko‘p e’tibor qaratishadi. Jumladan, 13 nafar xorijlik futbolchilar to‘p surishmoqda. «Al-Xolidiya»ning eng qimmat futbolchisi marokashlik legionerlardan biri - 31 yoshli himoyachi Ayub El Amlud bo‘lib, uning transfermarktdagi narxi 800 ming yevroni tashkil qiladi. U shu yilning avgust oyida jamoaga qo‘shilgan.

Shu yilning yozida «So‘g‘diyona»ga qo‘shilgan, muxlislarimizga tanish bo‘lgan serbiyalik himoyachi Filip Ivanovich yarim mavsum «Al-Xolidiya» sharafini himoya qilgan.

«Andijon» - «Al-Xolidiya» uchrashuvi 22 oktyabr kuni “Bobur arena”da soat 18:45 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:30, 21.10.2025.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик