Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting - Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal - Bayer
18/03 01:00 Chelsi - PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti - Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl

«El-klasiko»da «Barselona»ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

«El-klasiko»da «Barselona»ni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+4 | -

Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Tyago Alkantara «Barselona» bosh murabbiyi sifatida o‘z debyutini yaqinlashib kelayotgan “El-klasiko”da — «Real»ga qarshi uchrashuvda o‘tkazishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 9-turidan o‘rin olgan dramatik «Barselona» — «Jirona» (2:1) uchrashuvida kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qo‘shimcha daqiqalarda maydondan chetlatilgan edi.

Shu sababli, Flik mavsumning asosiy bahsi hisoblangan «Real»ga qarshi “el-klasiko”da zaxira o‘rindig‘ida bo‘lolmaydi. Ushbu o‘yin 26 oktyabr, yakshanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Forblaugrana nashri ma’lumotiga ko‘ra, bosh murabbiy yo‘qligida jamoani boshqarish vazifasi Tyago Alkantaraga topshiriladi. Shu tariqa, “Barsa”ning sobiq yarimhimoyachisi uchun bu uchrashuv murabbiy sifatidagi ilk rasmiy sinov bo‘lishi mumkin.

Alkantara «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2011–2013 yillarda asosiy jamoa safida o‘ynagan, keyin esa «Bavariya»ga yo‘l olgan.

2024 yil yozida Flik "ko‘k-anorranglilar"ni boshqarishni boshlaganda, Tyago uning murabbiylar shtabiga qo‘shilgan edi. Keyinroq u murabbiylik lisenziyasini olish uchun vaqtincha jamoani tark etgandi. Endi esa u yana «Barsa»ga qaytdi va qiyin vaziyatda jamoaga yordam berishi, hatto «Real»ga qarshi afsonaviy derbini boshqarishi mumkin.

Kiritildi: 21:51, 21.10.2025.
O'qildi: 7363 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.