"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa yarimhimoyachisi Fermin Lopesning darajasi haqida fikr bildirdi.
Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Barselona" Gresiyaning "Olimpiakos" klubini 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Lopes het-trik qayd etdi.
"Fermin Lopesning salohiyati katta. Biz doim uning "Barselona"da qolishini istaganmiz. U serg‘ayrat futbolchi, boshqalardan ajralib turadi. Bu biz uchun juda muhim o‘yinchi", - deya Flikning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Joriy mavsumda 22 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarni hisobga olgan holda yettita o‘yin o‘tkazdi. Bu oraliqda u beshta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













