Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

OCHL-2. «Andijon» ketma-ket uchinchi o‘yinda nursiz durang qayd etdi

OCHL-2. «Andijon» ketma-ket uchinchi o‘yinda nursiz durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasi "B" guruhida ishtirok etayotgan «Andijon»  klubi 3-tur doirasida o‘z maydonida Bahraynning «Al-Xolidiya» klubini qabul qildi.

O‘yin boshida andijonliklar faol harakat qilib, bir qator hujumlar tashkil etishdi. Damir Temirov va Otabek Jo‘raqo‘ziyevning zarbalariga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Abdumannovning zarbasini darvozabon qaytardi.

Bahsning 27-daqiqasida Usmonali Ismonaliyev bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi, ammo ofsayd tufayli gol hisobga olinmadi.

Ikkinchi bo‘lim nisbatan tengkurashlar ostida kechdi. Har ikki jamoa raqiblari mudofaasini yorib o‘tishga qiynaldi. O‘yin so‘nggida Muhammadkarim Toirov olis masofadan xavfli zarba yo‘lladi, biroq bahraynlik posboni to‘pni egallab oldi.

Shu tariqa, "Andijon" ketma-ket uchinchi o‘yinda 0:0 hisobini qayd etmoqda.

OCHL-2. "B" guruhi, 3-tur
«Andijon» - «Al-Xolidiya» - 0:0

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:42, 22.10.2025.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 56 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик