Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Chempionlar ligasida yangi rekordi o‘rnatildi

Chempionlar ligasida yangi rekordi o‘rnatildi

Baho:
+ | -

21 va 22 oktyabr kunlari UYEFA Chempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi umumiy bosqichining 3-turiga doir 18 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda jamoalar jami 71 ta gol urdi.

UEFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich turnir tarixidagi eng yuqori samaradorlik rekordi hisoblanadi. Ilgarigi rekord — 18 ta o‘yinda 67 ta gol — turnir tarixi davomida ikki marta qayd etilgan: joriy mavsumning 1-turida hamda o‘tgan mavsum Chempionlar ligasining 5-turida.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktyabr kuni 3-turning dastlabki to‘qqiz o‘yinida 43 ta gol urilgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yin kuni jamoalar 28 marta g‘alaba to‘pini kiritishdi. Shunday qilib, Chempionlar ligasi tarixida ilk bor bir tur doirasida 70 tadan ortiq gol urildi.

Hozirgi vaqtda turnir jadvalida 9 ochko to‘plagan PSJ peshqadamlik qilmoqda. 9 ochkoga ega «Bavariya» ikkinchi o‘rinda joylashgan. Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda esa bir xil ochkoga ega «Inter», «Arsenal» va «Real» jamoalari joy olgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:22, 23.10.2025.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик