Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"U ajoyib": Alonso "Real" himoyachisini maqtadi

"U ajoyib": Alonso "Real" himoyachisini maqtadi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso markaziy himoyachi Eder Militaoning o‘yinidan hayratda ekanini aytdi.

Yozda braziliyalik futbolchi xochsimon bog‘lamining yorilishidan keyin tiklandi. So‘nggi oylarda futbolchi muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

"Militao juda ajoyib. U o‘zini tobora yaxshi his qilyapti, buni ko‘rib turibsiz. Klub va barchamiz uchun ajoyib yangilik," - deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Chorshanba kuni Eder Militao "qaymoqranglilar"ga YECHLda "Yuventus" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi. Yakshanba kuni madridliklar o‘z uyida "Barselona"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 08:40, 23.10.2025.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик